Jahon | 21:12 / 12.12.2024
8941
1 daqiqa o‘qiladi

MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi

Tizimni yaratish va moliyalashtirish haqidagi qaror MDH Hukumat rahbarlari kengashida qabul qilindi. Qarorni O‘zbekiston ham imzoladi.

Foto: RIA Novosti

Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi va Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida 2025 yilda Hamdo‘stlik davlatlarining havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratish va rivojlantirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Majlis Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin raisligida o‘tkazildi. Unda Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillari, shu jumladan, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Hujjatlarni imzolash marosimida MDH davlatlari hukumat rahbarlari, shuningdek, mablag‘lardan havo hujumidan mudofaa yagona tizimini yaratish va rivojlantirish hamda MDH Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid