Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushkul ahvolga tushib qolgan bir oilaning besh a’zosi O‘zbekistonga qaytarildi
Farg‘onalik ayol to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan sentabr oyida vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovsk oblastiga borgan, biroq og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Sverdlovsk oblastida mushkul ahvolda qolgan bir oilaning besh nafar a’zosi vatanga qaytarildi.
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.R. farzandlari bilan og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani sababli amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha X.R. joriy yil sentabr oyida turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovsk oblastiga kelgan.
Oila boquvchisi sifatida uning turmush o‘rtog‘i Sverdlovsk oblasti Beloyarsk tumanida yakka tartibda qurilish firmalarida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. Sverdlovsk oblasti huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida erkak Rossiyada bo‘lish qoidasini buzgani sabab qo‘lga olingan va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘rganishlar natijasida R.X.ning turmush o‘rtog‘i vaqtincha ishlagan qurilish firmasida bir oylik ish haqi to‘lanmagani aniqlangan va u ish beruvchidan olib berilgan. Shuningdek, X.R. va uning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlariga Yekaterinburg — Toshkent aviareysiga chipta sotib olingan.
Oila 10 dekabr kuni Yekaterinburg shahridagi Kolsovo xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Bundan oldin O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Dubaydagi Al Rashid shifoxonasida qiyin ahvolga tushib qolgan va konsullik-huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025