O‘zbekiston | 16:39 / 15.12.2024
11052
1 daqiqa o‘qiladi

AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, o‘zida saqlab turgan «zapravka»larga chora ko‘rildi

Ushbu «zapravka»larning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida qonunbuzarliklar aniqlangan.

Qayd qilinishicha, Andijon viloyatidagi 5 ta AYoQSh tomonidan birja savdolarida xarid qilingan AI-80 markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turilgan, hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shoxobchalarga yo‘naltirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu «zapravka»larning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid