Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bola O‘zbekistonga qaytarildi
Ta’kidlanishicha, o‘z oilasiga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Rossiyaning 6 ta hududida qolgan 10 nafar bolani vatanga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshlagan edi.
O‘rganishlar jarayonida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari ko‘magida yana 5 nafar bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlandi.
15 dekabr kuni jami 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Ta’kidlanishicha, o‘z oilasiga qaytarilishiga qadar bolalarning 10 nafari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa vaqtinchalik Toshkent shahridagi Bolalar uyiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025