Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
Prezident qaroriga ko‘ra, Boysun, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlarida turistik markazlar tashkil etiladi. Ushbu markazlar hududlaridagi bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
“Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
- Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
- Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
- Jarqo‘rg‘on tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi;
- “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi.
Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027 yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning sentabrida O‘zbekiston prezidentining «Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
12:13 / 21.05.2025