Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Turkiyada yashayotgan suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun yana 1 mlrd yevro ajratadi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Turkiyadagi suriyalik qochqinlar uchun 1 milliard yevro qo‘shimcha yordam ajratilishini e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 3 mln suriyalik istiqomat qiladi.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida respublikadagi suriyalik qochqinlar uchun 1 milliard yevro qo‘shimcha yordam ajratilishini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 2011 yilda boshlangan fuqarolik urushidan qochib kelgan 3 million Suriya fuqarosi istiqomat qiladi.
Mablag‘lar qochqinlarning tibbiy xizmati va ta’limiga, «migratsiya va chegara boshqaruviga» jumladan, fuqarolarning «o‘z xohishi bilan qaytishiga» yo‘naltiriladi. Ursula fon der Lyayyen suriyaliklarning vataniga qaytishi «adolatli va xavfsiz» bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. «Joylardagi voqealar rivojidan kelib chiqib, biz ushbu milliardni Suriyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi ehtiyojlar uchun ishlatishimiz mumkin», — deydi Yevropa komissiyasi rahbari.
2011 yilda Turkiya qochinlarni ta’minlash uchun Yevropa Ittifoqidan 10 milliard yevroga yaqin mablag‘ olgandi. So‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz kuchaygani fonida turklar suriyalik qochqinlarning mamlakatga kelishini cheklashni talab qilib, tartibsizliklar uyushtirdi. Ammo Suriyada hokimiyat almashganidan keyin ularning ko‘pchiligi vataniga qaytishni boshladi.
Avvalroq Yevropa davlatlari suriyaliklarga boshpana berishni to‘xtatishni boshlagandi. Berlinning aniqlik kiritishicha, hozircha suriyaliklarni mamlakatdan deportatsiya qilish haqida gap ketmayapti. Vena, aksincha, «repatriatsiya va deportatsiya dasturini» tayyorlamoqda. Boshqa davlatlar ham suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatishini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025