Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Madrid to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari 2025 yil aprelida qayta tiklanadi
Ispaniya poytaxtida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda mamlakat sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Ispaniya ishbilarmon doiralari va sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Elchi Farrux Tursunov o‘z ma’ruzasida, O‘zbekiston Konstitutsiyasining mamlakat shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati, ushbu hujjat asos bo‘lgan asosiy tamoyillar, shuningdek, o‘tgan yili amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotning maqsadi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilganlarga so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy sayyohlik kompaniyalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
2025 yil aprel oyidan boshlab "Toshkent-Madrid" yo‘nalishidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqidagi xabar mamnunlik bilan qabul qilindi.
Mavzuga oid
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
12:36 / 11.01.2025
Viloyatlararo 10 ta yangi yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
15:18 / 04.12.2024
Toshkent-Guangjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
14:00 / 21.10.2024