Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim chegara postlarida o‘tkazish quvvati 5 karra oshiriladi
O‘tgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 400 mingga oshib, 3 millionga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSh, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.
Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotgan bo‘lsa-da, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli raqobat muhitida ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratishda davom etishi ta’kidlandi.
Bu yil qo‘shni mamlakatlar bilan chegaradan o‘tish bilan bog‘liq bir qator masalalarga yechim topildi.
Xususan, 13 yil yopiq bo‘lgan Andijonning “Xonobod”, “Mingtepa” va “Qorasuv” hamda 8 yil ishlamagan “Uchqo‘rg‘on” chegara postlari tiklandi. Natijada aholi va tadbirkorlar yo‘li 100 kilometrga qisqardi.
Umuman, o‘tgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 400 mingga oshib, 3 millionga yetdi.
Kelgusi yilda “G‘ishtko‘prik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qo‘shimcha koridorlar qurilib, o‘tkazish quvvati 5 karra oshiriladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025