Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon yuz berdi
Meksikada joylashgan qamoqxonalarning birida yuz bergan isyon oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi. Isyonga ikki mahbusning boshqa qamoqxonaga ko‘chirib o‘tkazilishi sabab bo‘lgan.

Foto: AFP
Meksika janubidagi qamoqxonada ikki nafar mahbusni ko‘chirish vaqtida isyon va yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda La Voz del Interior.
Qayd etilishicha, mahbuslar qamoqxona xodimlariga qarata o‘t ochgan. Shundan keyin ular mebellar va chiqindilarni yoqib yuborgan.
Isyon oqibatida jabrlanganlar orasida to‘rt nafar politsiyachi ham bor. Ta’kidlanishicha, isyonga ikki mahbusning boshqa qamoqxonaga o‘tkazilishidan kelib chiqqan norozilik sabab bo‘lgan.
Mahbuslar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv bir necha soat davom etgan. Operatsiya natijasida politsiya mahbuslardan bitta vintovka, beshta to‘pponcha, granata, 23 ta machete, 14 ta pichoq, shuningdek, qo‘lbola qurollar, patronlar, radiostansiyalar, mobil telefon va giyohvandlik vositalarini musodara qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Kolumbiya janubi-g‘arbidagi Tulua shahrida joylashgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Joriy yil avgustda esa Rossiyaning Volgograd oblasti Surovikino shahrida 19-sonli koloniyada o‘tkazilgan shturm chog‘ida odamlarni garovga olgan to‘rt mahbusni yo‘q qilgan edi.
Mavzuga oid

14:15 / 08.04.2025
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi

23:11 / 23.03.2025
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi

17:52 / 18.03.2025
Buyuk Britaniya qamoqxonalarida bo‘sh joylar kam qolgani ma’lum qilindi

21:03 / 12.03.2025