Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kamida 100 mlrd so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkor paydo bo‘ldi
Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Mamlakatda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan, kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi.
Bu korxonalar eng ilg‘or texnologiyalar va yangicha boshqaruvni joriy etgan, o‘zlari arzon resurs olib kelayapti, kredit va soliqni o‘z vaqtida to‘layapti, muddati o‘tgan qarzi yo‘q.
Muhimi, ular har kuni yangilikka intilib, izlanishdan to‘xtamayapti. Ular ko‘p tarmoqli korporatsiyaga aylanib, yondosh sohalar rivojiga ham katta hissa qo‘shayapti.
Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Bunday tadbirkorlarga yer va binoni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish, harbiy sanoat, dronlar ishlab chiqarish, IT va sun’iy intellektni keng rivojlantirishda ular bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi qayd etildi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025