Talabalar uchun qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga jo‘nab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning uyiga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun amaliy choralar ko‘riladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligida talabalarning qishki ta’til davrida doimiy yashash joyiga jo‘nab ketishi hamda ta’til davrini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning ta’tilni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, qishki ta’til boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga jo‘nab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning o‘z uyiga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun Transport vazirligi hamkorligida amaliy choralar ko‘riladi.
Jumladan, 26 dekabrga qadar, ehtiyojga ko‘ra Transport vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shimcha avtobus hamda poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahridan hududlarga bir yo‘nalishda jo‘nab ketish istagini bildirgan talabalar soni 40 nafardan oshganda, Transport vazirligi tomonidan avtobus qatnovi tashkil etiladi.
Avvalroq, talabalar uchun 50 foiz chegirmaga ega imtiyozli avia va temiryo‘l chiptalari sotilishi e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid

11:36 / 12.04.2025
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

21:14 / 07.04.2025
Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

23:31 / 05.04.2025