201 ta suyultirilgan gaz ballonini talon-toroj qilish holati aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holati aniqlandi.

Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, 12 dekabr kuni tuman suyultirilgan gaz xizmati ta’minotchi-chilangari N.B. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi A.N. “Tog‘aytemir” MFY iste’molchilariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 100 dona maishiy gaz ballonlarni mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro B.X.ning xonadonida tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlangan.
Xonadon ko‘zdan kechirilganda olib kelingan ballonlardan tashqari yana 101 ta bo‘sh maishiy gaz ballonlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va FVBga taqdim etildi.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025