Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
Ayoldan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
O‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Gulruxxon Akmaljon qizi Erkinova O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Konsullik ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.
“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, deyiladi konsullik xabarida.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025