Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekistonda ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish uchun qo‘shma dastur ishlab chiqadi
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Koreya ijtimoiy ishchilar uyushmasi (Korea Social Workers Association) rahbari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston ijtimoiy yo‘nalishda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratilgan davlat organlari faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya ijtimoiy ishchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda o‘zaro hamkorlik hujjati loyihasini shakllantirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Tadbir davomida mamlakatda ijtimoiy ishchilarning malakasini oshirish va tayyorlash uchun qo‘shma dastur ishlab chiqish, Janubiy Koreya mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif qilgan holda malaka oshirish treninglarini o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish imkoniyatlari hamda ikki tashkilot o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025