Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi
Hukumat qarori bilan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Bunda talabgor yoki boshqarish organi so‘rovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi.
So‘rovnoma YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHM 50 foizi (187 ming 500 so‘m) miqdorida Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undiriladi.
So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, belgilangan yigimni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- talabgorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;
- tasdiqlangan shtatlar jadvali;
- tegishli malaka sertifikat.
Mavzuga oid
09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi
16:55 / 17.03.2025
Kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi
16:46 / 12.03.2025