Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
Davlat rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik yo‘lladi.

Foto: Tengrinews.kz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida «Ozarboyjon havo yo‘llari»ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.
25 dekabr kuni «Ozarboyjon havo yo‘llari»ning Bokudan Grozniy tomon uchgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirishga urinib, halokatga uchradi.
Samolyot bortida 64 yo‘lovchi va ekipajning 5 nafar a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halokatdan omon qolgan, ularning kamida to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Samolyot bortidagilarning 37 nafari Ozarboyjon, 16 nafari Rossiya, olti nafari Qozog‘iston, uch nafari Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.
Qozog‘iston hukumati aviahalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzdi. Havo kemasidan foydalanish paytida xavfsizlik qoidalari buzilishi moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

19:10
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi

11:13
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi

05:20
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews

09:25 / 02.04.2025