Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Jinoyat kodeksining 244-moddasiga (ommaviy tartibsizliklar) tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 244-moddasining to‘rtinchi qismida ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu modda yangi beshinchi qism bilan to‘ldirilib, unda o‘quvdan o‘tgan shaxs o‘z xohishi bilan o‘quvdan o‘tgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
14:00 / 24.02.2025
Ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
14:07 / 06.08.2024
Bangladeshda ikki kun ichida 231 kishi halok bo‘ldi
11:06 / 05.08.2024