Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi
Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27 dekabrdan yana ochiladi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent - Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.
Silk Avia 27 dekabrdan boshlab Toshkent - Zomin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni tiklaydi, deya xabar qilmoqda aviakompaniya.
25 dekabr kuni O‘zgidromet katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlar boshlanishi munosabati bilan Zomin aeroporti vaqtincha yopilgani haqida xabar bergandi.
Bir tomonlama aviachiptalar narxi 121 ming so‘mdan boshlanadi, reyslar har kuni amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritdi aviakompaniya.
Turistik-rekreatsion yo‘nalish faol rivojlanayotgan Jizzax viloyati Zomin tumanidagi aeroport qurilishi iyul oyi oxirida boshlangan va 2023 yil avgust oyi oxirida yakunlangan.
Mavzuga oid
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
15:50 / 06.05.2025