O‘zbekiston | 14:26 / 28.12.2024
412
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Vengriya madaniyat kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya madaniyat va innovatsiyalar vaziri Balaj Xanko bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuv davomida 2025-2026 yillarda qator qo‘shma tadbirlar tashkil etish orqali ikki davlat o‘rtasida madaniyat, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash rejalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar 2025 yilda turli darajadagi tashriflar inobatga olinib, madaniy yo‘nalishda bir qator muzokaralar tashkil etishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

2026 yilda O‘zbekiston va Vengriyada madaniyat kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Uning doirasida o‘zaro madaniy almashinuvni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi.

Vazir Balaj Xanko 2025 yilda respublikada O‘zbekiston-Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi forumini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.

Muzokaralar O‘zbekiston va Vengriyaning turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanligini ko‘rsatdi. 

Mavzuga oid