Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Q. (erkak)ning murojaati kelib tushdi.
Bolalar ombudsmani xabar berishicha, I.Q. o‘z murojaatida oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i F.T. bilan birga yashamayotganini, hozirda turmush o‘rtog‘i tomonidan voyaga yetmagan farzandi Z.D.ga (2009 yilda tug‘ilgan, qiz bola) nisbatan bir necha marotaba jismoniy zo‘ravonlik qilinganini bildirgan.
Aniqlanishicha, ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ota bunga qaramay zo‘ravonlik yana davom etayotganini bildirib, farzandining huquqlarini himoya qilishni va turmush o‘rtog‘i F.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, Termiz shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida (sud tibbiyot ekspertizasi xulosasi asosida) ayol voyaga yetmagan farzandini urib, tan jarohati yetkazgani aniqlandi.
19 dekabr kuni ayolga Jinoyat kodeksining 126-modda 1-bandi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:37
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin

15:12 / 17.05.2025
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

16:15 / 06.05.2025