Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi
O‘zgidromet ertaga, 30 dekabr kuni uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5 daraja, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025
G‘arbdan keladigan sovuq antitsiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi
18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov
21:59 / 10.05.2025