Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva shaxmatchi Afro‘za Hamdamovani tabrikladi
15 yoshli shaxmatchi Rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyat qozondi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shaxmatchi Afro‘za Hamdamovani jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi.
«Afro‘za Hamdamovani rapid bo‘yicha jahon chempionatidagi ulkan yutug‘i bilan tabriklaymiz! Atigi 15 yoshida u musobaqaning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi, dunyo reytingining Top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning chegarasi yo‘qligini isbotladi. Barakalla, Afro‘za! Sen xalqimizning faxrisan!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Polshada bo‘lib o‘tgan shaxmatning Rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida Afro‘za Hamdamova 8 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi va 22,5 ming AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Afro‘za musobaqa g‘olibi, hindistonlik Xumpi Konerudan atigi 0,5 ochko ortda qoldi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025