O‘zbekiston | 12:55 / 30.12.2024
1045
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimliklar huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi

“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

  • O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom;
  • Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom;
  • Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizom;
  • Kichik hajmli bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid