Ozarboyjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Ozarboyjonda mushkul ahvolga tushib qolgan vatandoshga yordam ko‘rsatdilar.

X.Yu. O‘zbekistonga qaytish uchun ko‘mak so‘rab mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qildi.
Murojaatda qayd etilishicha, X.Yu. Ozarboyjon fuqarosi taklifi bilan shu yil 30 noyabr kuni Bokuga uchib borgan. Kelishuvga ko‘ra, eski tanish uni Minskka ishga yuborishi kerak edi. Biroq, Minsk shahriga uchayotgan vaqtda Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroporti chegarachilari vatandoshni Rossiyada deportatsiya qilinganligi sababli ortga qaytaradi. Ushbu sabab tufayli X.Yu. bir necha kun Boku shahridagi Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda qolgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, unga Azerbaijan Airlines'ning Boku-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysiga chipta sotib olib berildi, shuningdek, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplandi.
U 25 dekabr kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025