Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi
Suriyadagi elektr stansiyalari quvvati ikki barobardan ortiqqa tushib ketgan. Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparson Bayraktar hozirda suriyaliklar asosan generatorlardan foydalanayotganini ma’lum qildi.
Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparson Bayraktar Suriyada elektr energiyasi va energetika xizmatlari Turkiya orqali ta’minlanadigan viloyatlar borligini ma’lum qildi. Xususan, bular Idlib va Afrin kabi Turkiya operatsiyalari nazorati ostidagi hududlardir.
Bayraktarning ta’kidlashicha, Turkiya jamoasi Suriya energetika infratuzilmasini baholash uchun allaqachon Damashqda ish boshlab yuborgan.
Urushga qadar mamlakatdagi elektr stansiyalarning jami quvvati 8500 MVt ni tashkil etgan, ammo hozirda ularning 3500 MVt qismi saqlanib qolgan. Aholining asosiy qismi elektr energiyasi bilan ta’minlovchi generatorlardan foydalanib keladi.
Shuningdek, Suriya va Livan energetika talabini qoplash uchun Turkiyadan elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar suriyalik qochqinlarning vataniga qaytishi uchun sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib tashlashi kerakligini ma’lum qilgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni imkon qadar tezroq olib tashlanshi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025