Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etadi
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Prohuman rekruting kompaniyasi bosh direktori Agnes Tot va xizmatlar bo‘yicha direktori Endre Kovach bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Prohuman Vengriyaning yuqori, va o‘rta-quyi kvalifikatsiyali xodimlarini, shuningdek, IT, tibbiyot va avtomobilsozlik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga ixtisoslashgan yetakchi rekruting tashkilotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompaniya Vengriya va boshqa mamlakatlarda 12 mingga yaqin kishini muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlamoqda.
Muzokaralar davomida Vengriyaga O‘zbekistondan turli kvalifikatsiyali ishchilar va mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarlari mamlakatda Vengriya mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni tashkil etishni taklif qilishdi.
Mazkur hamkorlik mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolari uchun ishga joylashish va kasbiy o‘sish bo‘yicha yangi istiqbollarni yaratadi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025