Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlandi. Uni topishda yordam berganlarga 1,5 million funt va’da qilindi
Londondagi koshonalarning biridan 10 million funtlik qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘irlangan buyumlarni qaytarishga yordam berganlarga 1,5 mln funt miqdorida mukofot beriladi.
Shov-shuvli o‘g‘irlik 7 dekabr kuni sodir bo‘lgan. London shimolida joylashgan Avenyu-rouddagi uydan qiymati 10 million funt-sterlingni tashkil etadigan zargarlik buyumlari, shuningdek, 150 ming funtlik sumka va 5 ming funt naqd pul o‘g‘irlab ketilgan, deb xabar beradi BBC rus xizmati.
Ismlari oshkor etilmagan uy egalari avvaliga o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlarni qaytarishga yordam beradigan ma’lumot uchun 500 ming funt mukofot puli va’da qilgan. Keyinroq ular topilgan buyumlarning 10 foizi miqdorida mukofot berishlarini aytgan. London politsiyasiga ko‘ra ushbu mablag‘ 1,5 million funtga (qariyb 2 million dollar) yetishi mumkin.
O‘g‘irlangan buyumlarning ayrimlari kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan inflyuenser Sharifa Xuangga tegishli. Ta’kidlanishicha, qimmatbaho buyumlarning aksariyati o‘z dizayni bo‘yicha noyob hisoblanadi.

O‘g‘irlangan zargarlik buyumlari orasida De Beers’ning brilliant kapalaklari o‘rnatilgan ikkita uzuk, Katherine Wang tomonidan taqdim etilgan pushti yoqutli ziraklar va Van Cleef’ning brilliant hamda yoqutli taqinchoqlari bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlik 7 dekabr kuni soat 17:00 va 17:30 oralig‘ida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs uyning ikkinchi qavatiga deraza orqali kirishga muvaffaq bo‘lgan. Gumonlanuvchi 20-30 yosh atrofidagi erkak, kapyushonli qora kiyimda, yuzlari yopiq holatda bo‘lgan.
O‘g‘irlik yuz bergan Avenyu-roudda Londondagi eng qimmat ko‘chmas mulk obektlari joylashgan.





Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025