Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaparast hakerlar Fransiyaning qator shaharlari saytlariga hujum uyushtirdi
Fransuz internet segmentidagi jami 23 ta sayt kiberhujumlarga uchragan, deb xabar bermoqda AFP Parij prokuraturasiga tayanib.
Foto: Getty Images
Rossiyaparast hakerlar Fransiyaning qator shaharlarining internet sahifalariga hujum qildi. AFP agentligining 31 dekabr, seshanba kuni Parij prokuraturasiga tayanib xabar berishicha, jami 23 ta sayt kiberhujumlarga uchragan.
Shunday qilib, 31 dekabr kuni Marsel va Tarbes shaharlari, shuningdek, Fransiya janubi-g‘arbidagi Yuqori Garonna departamenti veb-saytlari ishlamagan yoki ularga qisman kirish mumkin bo‘lmagan.
Marsel meriyasi AFP'ga serverlar hujumga uchragani va «himoya mexanizmlarini o‘rnatish kerakligi» haqida ma’lum qildi, buning natijasida saytlar «ishlamay qolgan».
NoName guruhi mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va kiberhujumlarni Fransiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun qasos deb atadi, deya xabar berdi France 24 telekanali.
Ijtimoiy tarmoqlarda hakerlar Nant, Bordo, Puate, Po, Nim, Nitssa, Anjye, Gavr va Monpele shaharlari, shuningdek, Land, Fransuz Polineziyasi va Yangi Kaledoniya departamentlari saytlariga ham hujum qilganliklarini aytgan. Shu bilan birga, ularning barchasi 31 dekabr kuni ishlashda davom etdi, deb xabar berdi France 24.
AQSh Moliya vazirligi XXRdan kiberhujum haqida xabar berdi
AQSh Moliya vazirligi Kongressdagi qonun chiqaruvchilarga hakerlardan biri, aftidan, Xitoy manfaatlaridan kelib chiqib, departamentning bir qator onlayn platformalari va hujjatlariga masofadan kirish imkonini beruvchi xavfsizlik kalitini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda 30 dekabr kuni Reuters, AFP va The New York Times xabar berdi.
Vazirlik 8 dekabr kuni BeyondTrust dasturiy ta’minot ishlab chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi uchinchi kompaniya tomonidan kiberhujum sodir etilgani haqida ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025