Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
2024 yilning 31 dekabr kuni taxminan soat 19:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BMW rusumli transport vositasi, Lacetti rusumli transport vositasi, Cobalt rusumli transport vositasi, Matiz rusumli transport vositasi va Spark rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025