Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiya bosh vaziri Daniyadan mustaqil bo‘lish istagi haqida gapirdi
Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede Daniya bilan hamkorlik to‘liq tenglikni yaratishga olib kelmaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mustaqillik to‘g‘risidagi qaror Grenlandiya xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak.
Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orol Daniyadan mustaqil bo‘lish uchun intilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Tarix va hozirgi sharoit shuni ko‘rsatdiki, Daniya bilan hamkorligimiz to‘liq tenglikni yaratishga olib kelmadi. O‘zimiz oldinga harakat qilib, kelajak quradigan, jumladan, kim bilan yaqindan hamkorlik qilamiz va kimlar bizning savdo hamkorlarimiz bo‘lishini belgilaydigan vaqt keldi», — deydi Egede.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mustaqillik to‘g‘risidagi qaror Grenlandiya xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo u tegishli ovoz berish jarayonlari qachon o‘tkazilishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
Reuters agentligining qayd etishicha, bunday bayonotga Arktika orolining kelajagi atrofidagi gap-so‘zlar o‘zgargani sabab bo‘lgan.
Grenlandiya 1953 yilga qadar Daniya mustamlakasi bo‘lgan. Hozirda u Daniyaning o‘zini o‘zi boshqaruvchi hududi hisoblanadi va 2009 yilda ovoz berish yo‘li orqali mustaqillikni e’lon qilish huquqini qo‘lga kiritgan. 2023 yilda Grenlandiya hukumati konstitutsiyaning birinchi loyihasini taqdim etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Donald Tramp o‘zining Truth Social akkauntida Qo‘shma Shtatlar «butun dunyoda milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlash» uchun «Grenlandiyaga egalik va nazorat qilishi mutlaq zarur», deb yozdi. Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede esa Trampga «Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uchun uzoq davom etgan kurashimizni boy bermasligimiz kerak», deya javob qaytardi.
Tramp Grenlandiyani sotib olish istagini bildirganidan keyin Daniya hukumati ushbu arktik hududning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishini e’lon qildi. Daniya mudofaa vaziriga ko‘ra, gap 1,5 milliard dollarlik mudofaa paketi haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
08:00 / 08.04.2025