Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaxarova: Rossiyadan Ukraina orqali gaz yetkazishni to‘xtatish Yevropa iqtisodiy salohiyatini zaiflashtiradi
Rossiya gazini yetkazib berishni «butunlay» to‘xtatish uchun javobgarlik AQSh, Kiyev, shuningdek, Yevropa davlatlari rasmiylariga yuklatiladi - Rossiya TIV.
Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi Yevropaning iqtisodiy salohiyatini zaiflashtiradi va Yevropa fuqarolarining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu fikrni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya gazining Ukraina hududi orqali tranziti to‘xtatilishi munosabati bilan bergan izohida bildirdi.
Diplomatning eslatishicha, «Gazprom» OAJ va Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi hamda Ukraina gaz transporti tizimi operatori o‘rtasidagi kelishuv 2025 yil 1 yanvarda tugagan va Kiyev uni uzaytirishdan bosh tortgan.
«Raqobatbardosh va ekologik toza Rossiya energiya tashuvchisini yetkazib berishni to‘xtatish nafaqat Yevropaning iqtisodiy salohiyatini zaiflashtiradi, balki Yevropa fuqarolarining turmush darajasiga ham juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kiyev rejimi qarorining geosiyosiy sababi ko‘rinib turibdi. Yevropa energetika bozorini qayta taqsimlashdan asosiy foyda oluvchi va Ukraina inqirozining bosh homiysi — AQSh», — deydi Zaxarova.
Rossiya diplomatining ta’kidlashicha, «ularning shafqatsiz strategiyasining birinchi qurboni allaqachon Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti — Germaniya bo‘ldi, u «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurlari portlashidan keyin tabiiy gazni sezilarli darajada yuqori narxlarda sotib olishga majbur bo‘ldi».
«Endi ilgari iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli va mustaqil Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari Amerika shafeligi uchun narx to‘lashi kerak bo‘ladi», dedi u.
«Rossiya gazini yetkazib berishni to‘xtatish uchun javobgarlik to‘liq Qo‘shma Shtatlar, Kiyev rejimi, shuningdek, Amerika iqtisodiyotini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘z fuqarolarining farovonligini qurbon qilgan Yevropa davlatlari rasmiylari zimmasiga tushadi», deya xulosa qildi Zaxarova.
1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 8:00 da Rossiyaning «Gazprom» energetika holdingi besh yillik kelishuv muddati tugashi munosabati bilan Ukraina orqali gaz tranzitini to‘xtatdi.
«2025 yil 1 yanvar, Moskva vaqti bilan soat 8:00 da 2019 yil 30 dekabrda imzolangan hujjatlarning amal qilish muddati tugadi: «Gazprom» OAJ va Ukrainaning «Naftogaz» o‘rtasida Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tashishni tashkil etish bo‘yicha kelishuv hamda Rossiya va Ukrainaning Gs operatorlari — «Gazprom» OAJ va «Operator gazotransportnoy sistemy Ukrainy» MChJ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma. Ukraina tomonining ushbu kelishuvlarni yangilashni bir necha bor rad etishi sababli, «Gazprom» 2025 yil 1 yanvardan boshlab Ukraina hududi orqali tranzit uchun gaz yetkazib berishning texnik va huquqiy imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Moskva vaqti bilan soat 8:00 dan boshlab Rossiya gazini Ukraina hududi orqali yetkazib berish amalga oshirilmayapti», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025