Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha energiya tarmoqlari himoyasiga 600 mln dollar sarmoya kiritadi
Birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida asosiy e’tibor barcha turdagi, xususan, dronlar orqali uyushtiriladigan hujumlarning oldini olishga qaratiladi.
Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha energotarmoqlar himoyasi uchun 600 million yevro sarmoya kirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi ERR.
«Estoniya, Latviya, Litva va Polshadagi elektr tarmoqlarining asosiy operatorlari muhim energetika infratuzilmalari xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan 600 million yevrolik turli loyihalar ro‘yxatini tuzib chiqdi», — deyiladi xabarda.
Elering energetika kompaniyasi boshqaruv raisi Kalle Klikning ma’lum qilishicha, loyihalar Yevropa birdamlik jamg‘armasi tomonida qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda. Loyihalar doirasida asosiy e’tibor barcha turdagi hujumlarning oldini olishga qaratiladi. «Elering kompaniyasi dronlarni aniqlash va ularning hujumlarini qaytarish imkoniyatini yaratmoqchi», — deydi Kilk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu borada yaxshi g‘oyalar mavjud va ular tegishli muassasalar bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda».
Klikning ta’kidlashicha, Estoniya va Latviya o‘rtasidagi uchta yuqori voltli havo tarmog‘i kuchli nazoratga olinadi.
Loyihalarning ayrimlari suvosti infratuzilmalarini kuzatishga qaratilgan. Kilkning so‘zlariga ko‘ra, loyihalarning umumiy qiymati 600 million yevroga baholanmoqda.
U mablag‘larning uchdan bir qismi Estoniyaga yo‘naltirilishini tasdiqlagan. Qolgan mablag‘larning asosiy qismi esa Latviya va Litva o‘rtasida taqsimlanadi, investitsiyaning bir qismi Polshaga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
14:43 / 10.05.2025
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
23:16 / 01.04.2025