Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Ilon Maskni Germaniyadagi saylovlarga aralashishda aybladi
Ilon Mask parlament saylovlari arafasi o‘ng populistik «Germaniya uchun muqobil» partiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Uning fikricha, Germaniyani «faqat ushbu partiya qutqarishi mumkin».
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikalik milliarder va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralashishda aybladi. Bu haqda u fransuz elchilari qarshisida qilgan chiqishi davomida qayd etgan.
Makron Maskning ismini aytmagan, ammo Politico’ning yozishicha, uning nutqidan gap biznesmen haqida ketayotganini tushunish mumkin bo‘lgan.
«10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, shu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralashishini kim ham tasavvur qilgandi», — deydi Fransiya prezidenti.
Makron o‘z nuqti davomida, shuningdek, Ukrainadagi urush mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, Kiyev «hududiy masalalar bo‘yicha reallikka xos muzokaralarni» olib borishi kerak.
«Yevropa Ukraina uchun muhim xavfsizlik kafolatini zimmasiga olayotgan bir paytda AQSh bizga vaziyatni o‘zgartirishga yordam berishi va Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirishi kerak», — deya ta’kidlaydi Makron.
Uning qayd etishicha, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning mojaroni qisqa muddatda hal etish borasidagi va’dasiga qaramay, «Ukraina uchun bunday tez va oson yechim bo‘lmaydi». Makron, shuningdek, Yevropa davlatlari Rossiya urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yib bera olmasligini, chunki bu xalqaro tartib va Yevropa xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishini bildirgan.
Dekabr o‘rtalarida Ilon Mask parlament saylovlari arafasi o‘ng populistik «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdgandi. «Germaniyani faqat GuM qutqarishi mumkin», — deb yozgan u X ijtimoiy tarmog‘iga. Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025