Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining amaliyot o‘tash tartibi o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining "Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda, xususan, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari o‘rniga ishlab chiqarish amaliyotining yagona tizimi joriy etilishi belgilangan. Bunda ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘quvchilarga korxonalarning tajribali xodimlari ustoz sifatida biriktiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar va o‘quv muassasasi tomonidan baholashning qo‘shma tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

13:58 / 29.04.2025
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

20:42 / 17.04.2025