Amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

Akmal Burhonov o‘z postiga ushbu suratni ilova qilgan.
Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi, deya yozdi Burhonov Telegram'dagi kanalida.
“Bu – davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, – deydi agentlik direktori.
Akmal Burhonov korrupsiyaga moyillik aynan qanday qilib baholanishi borasida qo‘shimcha tafsilotlarni keltirmagan.
Avvalroq Kun.uz Guliston shahar hokimining sobiq o‘rinbosari xitoylik investorlarni chuv tushirgani uchun 9 yilga qamalgani, ayni paytda Romitan tumani hokimi o‘rinbosari ham firibgarlikda ayblanayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

10:20 / 15.05.2025
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

19:09 / 14.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining koll-markazi ishga tushirildi

09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi

15:26 / 29.04.2025