Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…–3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Harorat kechasi 0…–3 daraja, ba’zi joylarda –5 darajagacha, kunduzi +6…+11 darajagacha bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda kechasi –5...–10 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan yengil va o‘rtacha tezlikda esadi.
Toshkentda biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0...–3 daraja, kunduzi +8...+11 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025