Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar bilan qo‘lga olindi
Bo‘lim boshlig‘i ushbu pul evaziga 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berishni va’da qilgan.

Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bo‘lim boshlig‘ining oila a’zolariga tuman hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida 2 gektar yer maydoni ajratib berilgan. FVB boshlig‘i ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani FVB tezkor bo‘linmasi boshlig‘i ham 7 ming dollar bilan ushlangan. U ushbu pul evaziga Guliston shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaroga uni o‘zining mansabdor tanishlari orqali shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Bo‘linma boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

14:15
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025