Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning sobiq matbuot kotibi uning Putin bilan bog‘lanishga urinishlari haqida gapirdi
Matbuot kotibning so‘zlariga ko‘ra, Bashar Asad birinchi marta Vladimir Putin bilan 2024 yil 4 dekabr kuni bog‘lanishga uringan, ammo suhbat amalga oshmagan. Ertasi kuni ham Rossiya yetakchisi Asadga javob qaytarmagan.
Bashar Asadning sobiq matbuot kotibi Kamol Sakr suriyalik siyosatchi hokimiyat ag‘darilishidan oldin bir necha bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanishga urinib ko‘rganini ma’lum qildi.
Kamol Sakrning ta’kidlashicha, Asad Eronning Suriya armiyasi uchun harbiy yordamidan foydalanishda Xmeymim bazasidan foydalanishga ruxsat so‘ragan.
Sakrning so‘zlariga ko‘ra, Bashar Asad birinchi marta Vladimir Putin bilan 2024 yil 4 dekabr kuni bog‘lanishga uringan, ammo suhbat amalga oshmagan. Ertasi kuni ham Rossiya yetakchisi Asadga javob qaytarmagan.
Putin bilan bog‘lana olmagach, Suriya sobiq prezidenti Rossiyaning mamlakatdagi maxsus vakili Aleksandr Lavrentevga qo‘ng‘iroq qilgan va davlat rahbari bilan gaplashishida yordam so‘ragan. Ammo Lavrentev Putin Belarusda bo‘lgani bois qo‘ng‘iroq qila olmasligini aytgan. Rossiya prezidentining Minskka ishchi tashrifi 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tgandi.
8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025