Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
Tergovchi jinoyat ishiga jalb qilingan gumonlanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslikni va’da qilgan. U buning evaziga muqaddam prokuratura organlarida ishlagan MChJ yuristi orqali 20 ming dollar olganda tezkor tadbirda ushlangan.
 
                                    Foto: Videodan kadr
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan MChJ mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslikni mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming dollar talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbirda yurist kelishilgan puldan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, MChJ yuristining mashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablag‘ini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismi “a” bandi bilan, MChJ yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi ham tezkor tadbirda 2 400 dollar olgan vaqtida ushlangan. U tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 dollar talab qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar, Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi esa 10 ming dollar bilan ushlangandi.
Mavzuga oid
 
                        08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
 
                        17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
 
                        08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
 
                        20:04 / 22.05.2025
 
               
             
              