Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Rezvan dronining parvoz davomiyligi 20 daqiqa bo‘lib, ham piyodalarni, ham muqim nishonlarni, jumladan, muhim infratuzilmani ham urishga qodir.
Eron uchish masofasi 20 kilometrgacha bo‘lgan yangi kamikadze Rezvan dronini yaratdi. Tehron, shuningdek, katta miqdordagi Ababil-4, Ababil-5 va Arash hujumkor dronlarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Breaking Defense.
Qayd etilishicha, Rezvan dronining parvoz davomiyligi 20 daqiqa bo‘lib, uni boshqarish imkonini beruvchi old kameraga ega. Kamikadze-dron ko‘chma qurilmadan uchirilishi mumkin, unda ochiladigan to‘rtta qanot mavjud.
«Ushbu dron Islom inqilobi qo‘riqchilari kopusi (IIQK) qo‘shinlarining tezkor javob berish bo‘linmalarini kuchaytirib, ularga terrorchilik guruhlariga, ayniqsa og‘ir tog‘li sharoitlarda qarshi turish uchun yangi imkoniyatlar beradi», deb yozdi Eron matbuoti.
Rezvan droni «Buyuk payg‘ambar 19» keng ko‘lamli mashqlarida namoyish etildi. Dron ham piyodalarni, ham muqim nishonlarni, jumladan, muhim infratuzilmani ham urishga qodir.
Ta’kidlanishicha, Tehron yaqin kunlarda harbiylar uchun mingta strategik dronlarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Eron armiyasiga yetkaziladigan dronlar ro‘yxatiga Ababil-4, Ababil-5 va Arash kiradi. Bu dronlar razvedka, patrullik va jangovar operatsiyalar bo‘yicha ko‘p maqsadli vazifalarni bajarishga qodir.
AQSh Tinchlik instituti (USIP) Ababil-5 droni 480 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tishini ma’lum qildi. Ushbu dron tankka qarshi 4 ta raketa yoki 6 ta yuqori aniqlikdagi bombani olib yurishga qodir.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Eron Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin dronlarga katta qiziqish bildira boshlagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025