O‘zbekiston | 15:01 / 13.01.2025
1903
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bulutlardan sun’iy yog‘in yog‘dirish usullari o‘rganiladi 

Texnologiyani kelgusida mahalliylashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Foto: Freepik

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Bulutlardan sun’iy yog‘in yog‘dirish usullari va texnologiyalari o‘rganiladi hamda texnologiyani kelgusida O‘zbekistonda mahalliylashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bunda, ishchi guruh shakllantiriladi. Uslub va texnologiyalar o‘rganiladi, metodlar aniqlanadi va samaradorligi baholanadi.

Mazkur texnologiyani mahalliylashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Zamonaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va o‘quv-amaliyot korpuslarini tashkil etish uchun sobiq Toshkent turizm va servis kolleji bino va inshootlari kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi hamda zamonaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va o‘quv-amaliyot korpuslari quriladi.

Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid