Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
Sovrindorlar medallarni qaytarishdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ularni almashtirishga va’da bermoqda.
2024 yilgi Parij Olimpiadasi sovrindorlari 100 dan ortiq medallarni Tashkiliy qo‘mitaga qaytarib berdi. Ular nuqsonli bo‘lib chiqdi, deb yozdi La Lettre.
Qayd qilinishicha, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari nuqsonli medallardan voz kechgan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi barcha nuqsonli medallar almashtirilishiga ishontirmoqda.
Avvalroq Parij o‘yinlari sovrindorlari medallarning yuqori qatlami shilinib ketayotganidan ijtimoiy tarmoqlarda shikoyat qilgan edi. Bunga Parij zarbxonasi tomonidan medallarni tayyorlashda foydalanilgan sifatsiz lak sabab bo‘ldi, deb yozdi La Lettre.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi regulyatori lak tarkibiga kiruvchi xrom trioksidini taqiqlagan edi. Biroq, ishlab chiqaruvchilar qisqa vaqt ichida uning o‘rnini bosuvchi moddani topolmagan. Oqibatda, bundan Parij Olimpiadasi medallari «jabrlangan».
Nashrning ta’kidlashicha, mojaro tufayli zarbxonaning ishlab chiqarish va sifat bo‘yicha uch nafar top-menejeri ishsiz qolgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
18:15 / 13.09.2024