Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:30 / 13.01.2025
1991
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi o‘rnatiladi
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sug‘orish tizimlari barpo etiladi.
Respublikaning 32 ta shaharlaridagi 64 mahallada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- aholi xonadonlari egalari tomonidan daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘orishi ustidan jamoat nazorati o‘rnatilishini ta’minlash;
- kambag‘al oilalar xonadonlarida yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va sug‘orishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtirishni ruxsat etuvchi me’yorni ishlab chiqish;
- yangi quriladigan ko‘p xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomg‘ir suvini yig‘ish, saqlash va daraxtlarni sug‘orishda foydalanish tizimini majburiy o‘rnatish;
- yangi quriladigan 12 metrdan baland va maydoni 500 kvadrat metr ortiq binolarga tutash yerlarning kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari qabul qiluvchi komissiya tarkibiga Ekologiya vazirligi xodimlarini kiritish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
12:15 / 28.04.2025