Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda
Bu diniy festival har 12 yilda bir o‘tkaziladi. 2025 yil odamlar tashrifi bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatilishi aytilmoqda.

Foto: ABP Live
Hindistonda Maha Kumbha Mela nomli keng ko‘lamli diniy festival boshlandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Millionlab hindlar festivalning boshlanishini nishonlash uchun Uttar-Pradesh shtati Prayagraj shahridagi Gang daryosi qirg‘oqlarida to‘plandi. Bayram har 12 yilda bir marta o‘tkaziladi va hind diniy taqvimida “festivallar festivali” deb ataladi.
Joriy yilda 45 kun davom etadigan bayramga 400 milliondan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda — bu tarixdagi rekord ko‘rsatkichdir.
Maha Kumbha Mela festivalining bosh amali cho‘milishdir, bu nafaqat tanani, balki qalbni ham gunohlardan poklashi aytiladi. Bayram paytida cho‘milganlar cheksiz qayta tug‘ilish siklidan chiqishiga ishoniladi.
Ko‘pchilik ushbu festivalni hind birligi va qudrati ramzi deb ta’kidlaydi. Bu yilgi tantanalarga avvalgilar bilan solishtirganda eng ko‘p pul ketishi kutilmoqda.
Festival arafasida tashkilotchilar va rasmiylar ziyoratchilarga ibodatxonalar, cho‘milish joylari, oziq-ovqat do‘konlari, tibbiy palatkalar va do‘konlarda adashib qolmaslik uchun maxsus mobil ilovani ishlab chiqdi. 11 tilda ishlaydigan sun’iy idrokka asoslangan chat-bot esa WhatsApp orqali har qanday logistika va ma’naviy savollarga javob berishga yordam beradi.
Ziyoratchilarning yo‘qolib qolishi kabi azaliy muammoni bartaraf etish maqsadida har bir sayyohga radiochastotali bilaguzuk taqdim etiladi. Xavfsizlikni ta’minlash va harakatlanishni nazorat qilish uchun minglab suv osti hamda havo dronlari ishga tushiriladi. Bundan tashqari, 2000 dan ortiq dron ishtirokidagi shouda hind mifologiyasidagi rivoyatlar bilan osmon yoritiladi.
Mavzuga oid

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

11:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston hindistonlik sayyohlar sonini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

08:10 / 24.03.2025