Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Makron bilan Ukrainadagi «qo‘shinlar kontingenti»ni muhokama qildi
Volodimir Zelenskiy Emmanuel Makron bilan Fransiyaning Ukrainaga harbiy kontingentlarni joylashtirish tashabbusini xavfsizlik kafolatlaridan biri sifatida muhokama qildi, deya xabar bermoqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati.
13 yanvar, dushanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu suhbat, jumladan, Ukrainada «harbiy kontingent»ni joylashtirish g‘oyasiga ham tegishli, deb xabar beradi Ukraina davlati rahbari matbuot xizmati.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Makron bilan «tinchlikka erishish va samarali xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishda (Ukraina uchun) asosiy ittifoqchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishga» kelishib olgan. Ana shunday kafolatlardan biri «Fransiyaning Ukrainaga harbiy kontingentlarni joylashtirish tashabbusi», deb ta’kidladi Zelenskiy Telegramʼda.
Biroq u gap jangovar bo‘linmalar yoki tinchlikparvar kuchlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi, deya qayd etadi Fransiyaning AFP axborot agentligi. «Makron Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish g‘oyasini ilgari surgan, jumladan o‘tgan oyda u Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda u yerga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish imkoniyatini muhokama qilganida», deb eslaydi jurnalistlar.
Ukrainaning hozirgi ehtiyojlari
Ukraina prezidentining veb-saytida aytilishicha, Zelenskiy Makronga Kiyevning hozirgi mudofaa ehtiyojlari, jumladan, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar haqida «ma’lumot bergan». U, shuningdek, Fransiyaga Ukraina qurol-yarog‘ ishlab chiqarishi va artilleriya snaryadlarini sotib olishni moliyalashtirishga qo‘shilish taklifini bildirdi, deb yozadi Ukraina prezidenti matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari yaqin kelajakda uchrashishga kelishib olgan va «hamkorlar bilan adolatli tinchlikka erishish va samarali xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma qadamlarni muvofiqlashtirish maqsadida» turli darajadagi bir qator aloqalarni rejalashtirish yuzasidan jamoalarga topshiriq bergan.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025