Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda kanalizatsiya qudug‘idan chiqa olmagan «Suvoqova» xodimlari qutqarildi
Ishchilardan biri chiqindilarni tozalash uchun quduqqa tushgan va suv ko‘payib ketishi oqibatida tobi qochgan. Unga yordam berish maqsadida ortidan tushgan sherigi ham quduqda qolib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan kanalizatsiya qudug‘iga tushib, undan chiqa olmay qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 yanvar kuni soat 10:16 da Shahrisabz shahar «Tutzor» MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga «Suvoqova» MChJning ikki nafar xodimi tozalash maqsadida tushgan va qaytib chiqa olmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, bir nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqolmay qolgan. Shundan so‘ng uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ularni shifoxonaga yuborgan. «Hozirda ular shifokorlar nazoratida. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
15:52 / 16.05.2025