Turistik klaster maqomini olish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining "Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Turistik klaster maqomi Turizm qo‘mitasi tomonidan beriladi. Bu maqomni olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lish kerak:
- turoperator – mehmonxona – transport xizmatlari faoliyatini to‘liq qamrab olish;
- klaster hududida kamida 40 kishiga mo‘ljallangan turistlarni joylashtirish vositalarining mavjudligi;
- klaster hududida kamida bitta milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish nuqtasining mavjudligi;
- turizmning quyidagi turlaridan birini tashkil etish:
- ekoturizm (geoturizm);
- agroturizm (qishloq turizmi);
- etnografik turizm;
- madaniy va tarixiy turizm;
- rekreatsion turizm;
- tibbiy (sog‘lomlashtirish) turizmi;
- turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlash;
- qo‘shimcha ko‘ngilochar xizmatlar yaratish (ot, tuya, transport, velosiped, qayiq, katamaranlar ijarasi va boshqalar);
- joylashtirish vositalarida joylarni oldindan band qilish va turistik xizmatlarni oldindan buyurtma qilish imkoniyatini yaratish.
Turistik klaster maqomini olish uchun ariza topshirilgandan so‘ng, vakolatli organ joyiga chiqib, arizachining talablarga muvofiqligini o‘rganadi va o‘z xulosasini Komissiyaga yuboradi. Komissiya Turizm qo‘mitasi xodimlari va turizm sohasidagi NNT vakillaridan iborat. Turistik klaster maqomi uning qarori bilan beriladi.
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

15:49 / 01.04.2025