«Oskar 2025» kinomukofoti marosimi o‘tkazilmasligi mumkin
AQSh hududida so‘nggi haftalarda to‘xtamayotgan yirik yong‘inlar tufayli tashkilotchilar marosimni bekor qilish yoki formatini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

Foto: Getty Images
Kinodagi eng nufuzli va har yili bo‘lib o‘tadigan «Oskar» mukofotini topshirish marosimi bekor qilinish arafasida. Bu haqda The Sun yozdi.
AQSh hududida so‘nggi haftalarda to‘xtamayotgan yirik yong‘inlar tufayli tashkilotchilar nafaqat mukofotga nomzodlar e’lon qilinishini keyinga qoldirdi, balki marosimni bekor qilish haqida ham o‘ylamoqda.
Insayderlarga ko‘ra, ular doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, atrofdagi yong‘in paytida keng ko‘lamli tadbir o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi haqida o‘ylamoqda.
«Tashkilotchilar uchun asosiy tashvish — ko‘plab los-anjyelesliklar aqlbovar qilmas yo‘qotishlarga duch kelgan va qalbi og‘riyotgan paytda xuddi bayram qilayotgandek ko‘rinmaslikdir. Hatto, yong‘in kelasi hafta o‘chirilgan taqdirda ham shaharliklar baribir og‘riqni his qilaveradi», dedi insayder.
«Oskar» mukofoti bu yil bo‘lib o‘tishi yoki bekor qilinishi hozircha ma’lum emas. Ammo tashkilotchilar har qanday holatda ham an’anaviy hashamatli tadbir o‘tkazmasligini va g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirilmasligini ta’kidlamoqda.
«Mukofotning asosiy e’tibori imkoniyat paydo bo‘lganda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va xayriya mablag‘i yig‘ishga qaratiladi», deyiladi xabarda.
«Oskar 2025» kinomukofotini topshirish marosimi 3 mart kuniga belgilangan.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025