Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning yangi hukumati Eron va Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi
Turkish Airlines aviakompaniyasi Suriyaning yangi hukumati Isroil va Eron fuqarolarini tashishni taqiqlaganini ma’lum qildi.
Turkish Airlines 23 yanvardan Damashqqa parvozlarini qayta tiklaydi. Aviatashuvchi haftasiga uch marotaba parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya Suriya hukumati tomonidan mamlakatga kirish taqiqlanganlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi:
- yo‘lovchilar o‘zlarining Suriya fuqarosi ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak;
- Isroil va Eron fuqarolarining Suriyaga kirishi taqiqlanadi;
- Livan fuqarolarining agar ota-onalaridan biri Suriya fuqarosi yoki mamlakatda yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaga yoki boshqa davlat vizasiga ega bo‘lsa, kirishlari mumkin;
- jurnalistlar Suriyaga kirish uchun maxsus ruxsatnoma olishlari kerak.
Avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi aeroport, Baas partiyasi rejimi ag‘darilganidan keyin birinchi marta xalqaro qatnovlarni tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin yangi hukumat mamlakatga chet el mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025