2024 yilda xorijdan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi - Migratsiya agentligi
Ularning 474 tasi Rossiyadan, qolgani Turkiya, Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan. Agentlikka ko‘ra, fuqarolarning jasadlari yaqinlarining murojaatiga ko‘ra olib kelinadi va xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

Foto: FVV
17 yanvar kuni AOKA Migratsiya agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan rasmiylar qancha muhojirlarning jasadi O‘zbekistonga qaytarilgani haqidagi savolga javob berdi.
«2024 yilda 483 nafar fuqaroning jasadi Migratsiya agentligi tomonidan O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi, qayerdan olib kelinishiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, Rossiyadan 1000 dollargacha, Angliya davlatidan 4-5 ming dollargacha xarajat bo‘ladi. Agar Yaponiya yoki Koreya bo‘lsa, 9 ming dollargacha pul mablag‘i ketadi.
Fuqarolarimizning jasadini qaytarishda kim orqali ketganining farqi yo‘q. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bo‘ldi, murojaat qilinsa vatanga qaytarib olib kelinadi», — dedi agentlik boshqarma boshlig‘i Nigora Isroilova.
Gazeta.uz'ning aniqlik kiritishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonga qaytarilgan 483 jasadning 474 tasi Rossiyadan, 5 tasi Turkiyadan, 4 tasi Koreya va Qozog‘istondan olib kelingan.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
Mavzuga oid

15:00 / 07.03.2025
30/30/30 aksiyasi, 30 aprel, 30 soniya va 30 ta aviachipta!

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

20:00 / 17.01.2025
“Shartlar juda qiyin” - Kanadaga biror o‘zbekistonlik ishga jo‘natilmadi

15:04 / 10.11.2024